Buxoro yangiliklari

BDU rektori talabalar oshxonasida, prorektor qoʻlida gul bilan nima qilishyapti?

Kecha, 7-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti rahbariyati yotoqxonada joylashgan talabalar bilan uchrashdi, – deya xabar bermoqda universitet matbuot xizmati.

Xususan, BDU rektori Obidjon Hamidov talabalar turar joyida boʻlib, ularning bu yerdagi yashash, darslardan soʻng vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun sharoitlari bilan yana bir bor tanishib chiqdi. Xonalar kesimi boʻylab oʻrganishlar jarayonida ular bilan suhbatlashib, muammolari haqida suhbatlashildi, takliflari tinglandi.

Soʻngra sovuq havo bilan kirib kelgan qish mavsumiga turar joy majmuasi tayyorligi, isitish tizimlari koʻzdan kechirildi, xonalar talab darajasida isitilayotganiga ishonch hosil qilindi.

Shuningdek, shu kuni BDU prorektorlari A. Amonov, T. Rasulovlar ham talabalar yotoqxonasida yashovchi yigit-qizlarning xonalarini koʻzdan kechirishdi, bo‘sh vaqtlarda nimalar bilan bandligiga qiziqib, ular bilan samimiy gaplashib, oliygohda tahsil olib, shu yerda yashayotgan hamda tug‘ilgan kunini nishonlayotgan talaba qizga kutilmagan sovgʻa berib, quvonchlariga sherik boʻlishdi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version