Jahon

Ogoh bo’ling: Rossiyadagi jamoat transportlarida o’zbeklarni urushga chaqiruvchi e’lonlar namoyish etilmoqda!

Internetda Rossiyadagi avtobuslar monitorida o‘zbek tilida urushga chaqiruv yozilgani aks etgan suratlar tarqaldi, deya xabar bermoqda UzReport axborot agentligi.

Unda “Rossiya Qurolli Kuchlarida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga kirganingizda, siz Rossiya Federasiyasi prezidenti farmoniga muvofiq, soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishingiz mumkin”, – deb yozilgan.

Yuqoridagi foto joriy yilning 7-dekabr kuni soat 20:26 da Salaryevo metrosi va Marino aholi punkti oralig‘ida harakatlanuvchi avtobusdan olingan. Bu Rossiyadagi yurtdoshlarimizni urushga chaqiruvchi ishora ekanligini tasdiqlaydi.

Bloger Nurbek Alimovning yozishicha bunday e’lonlar nafaqat avtobuslarda, balki metro va jamoat joylarida ham namoyish etilmoqda.

“– Albatta bugungi kunda barcha xurmatga ega davlatlar tomonidan yakkalangan Rossiyaning bir tiyinga qimmat fuqaroligini olishga intiladigan axmoq yo‘q. Agar shunda ham bunday odamlar topiladigan bo‘lsa, unda aniq biz nimalarnidir dahshatli darajada noto‘g‘ri qilyapmiz”, – deya yozadi Alimov.

Tashqi mehnat migratsiya agentligi bunday vaziyatlar bo‘yicha Rossiyadagi yurtdoshlarimizni yana bir bor ogohlikka chaqirmoqda. Xususan, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da’vatlarga ergashmaslik, ziddiyatli hududlarga bormaslik va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘radi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1541-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlar xizmatiga yollanishda 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilanganini eslatib o‘tamiz.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version