Jahon
Telegram orqali virus tarqalmoqda. U yopiq guruhlar orqali boshqariladi

“Positive Technologies” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan Telegram messenjeri yopiq kanallari orqali boshqariladigan “TgRat” virusi aniqlandi.
Ushbu virus aniq bir Telegram foydalanuvchisining qurilmasidagi ma’lumotlarini qo‘lga kiritish uchun yo‘naltiriluvchi “josus havoladir”.
Virus foydalanuvchiga quyidagicha zarar keltirishi mumkin:
— akkauntni butunlay o‘chirib yuborish (kill);
— yozishmalarni fayl ko‘rinishida saqlab olish;
— botlarni ishga tushirish;
— turli ko‘rinishdagi fayllarni ko‘chirib olish;
— ekrandagi hodisalarni saqlab qolish.
Eslatib o‘tamiz, begona shaxslardan kelgan havolalar orqali o‘tmang va tur xil yutuqlar haqida yozadigan akkauntlarga javob bermang. Shunda virusni behosdan telefoningizga ko‘chirib olish xavfini kamaytirgan bo‘lasiz.