Buxoro yangiliklari
Bugun Qorako‘l tumanida gaz ta’minoti uzib qo‘yiladi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Qorako‘l tumanidagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.
Xususan, tumandagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 10-dekabr kuni soat 13:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:
1. “Do‘stlik” mahallasi;
2. “Tayqir” mahallasi;
3. “Tojikent” mahallasi;
4. “Qozon” mahallasi;
5. “Regihaydar” mahallasi;
6. “Tashabbus” mahallasi;
7. “Chekirchi” mahallasi;
8. “Xo‘jalar” mahallasi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.