Buxoro yangiliklari

Gʻijduvonlik fuqaro uyiga oʻgʻrilikka kirgan shofirkonlik 33 yoshli shaxs jinoyati fosh etildi

Joriy yilning 3-noyabrdan 4-noyabrga o‘tar kechasi G‘ijduvon tumani, “Gajdumak” mahallasida yashovchi B. B. ishdan kech qaytadi. Uyga kirib, kiyimlarini uxlashga yotmoqchi boʻlgan xonadaon egasi hammayoq aldar-toʻntar boʻlganini koʻradi va koʻngli bezovta tortadi. Shunda xonadagi stol ustiga to‘shalgan choyshabni koʻtaradi. Ne koʻz bilan koʻrsinki, bu yerda yashirib qoʻygan pullari gʻoyib boʻlgan. U uyiga oʻgʻri kirganini sezadi va 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, 2 300 000 soʻm miqdoridagi pullarini oʻgʻirlab ketishgani yuzasidan IIB ga murojaat qiladi.

Tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan sirtdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor tergov harakatlari olib boriladi.

Bu esa tezda oʻz natijasini beradi. Tezkor-texnik va surishtiruv harakatlari davomida jinoyatni Shofirkon tumani, Haydarobod qishlog‘ida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan V. V. sodir qilganligi aniqlanadi.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version