Buxoro yangiliklari
BDU oʻqituvchisi Yaponiyada dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan turnirda kumush medalni qoʻlga kiritdi

Joriy yilning 10-dekabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida dzyudo sport turi bo‘yicha xalqaro ochiq turniri start oldi. Unda BDU “Jismoniy madaniyat” fakulteti “Sport nazariyasi va metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Sherzod Namozov kumush medal bilan taqdirlandi.
Tahririyatimiz nomidan Sherzod Namozovni hamda uning yaqinlarini, universitet jamoasini ushbu nufuzli musobaqada qo‘lga kiritgan yutuq bilan tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyat tilab qolamiz.