Buxoro yangiliklari
G‘ijduvon, Peshko‘ va Buxoro tumani hududi gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, G‘ijduvon Peshko‘ va Buxoro tumanlaridagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.
Xususan, Buxoro tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 12-dekabr kuni soat 12:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:
1. “Otbozor” mahallasi.
Shunigdek, G‘ijduvon tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari ham 12-dekabr kuni soat 12:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:
1. “Nodirabegim” mahallasi;
2. “Abdulla Qahhor” mahallasi;
3. “Gulistonobod” mahallasi;
4. “Havzak” mahallasi;
5. “Dilkusho” mahallasi;
6. “Rabotkunak” mahallasi;
7. “Xosa” mahallasi.
Xuddi shunday, Peshko‘ tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari ham 12-dekabr kuni soat 12:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:
1. “Hurram” mahallasi;
2. “Chibig‘oni” mahallasi;
3. “Zandani” mahallasi;
4. “Quchoq” mahallasi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.