Jahon

Suriya 4 kunlik ish haftasiga o‘tdi

Suriyada vaqtinchalik 4 kunlik ish haftasi joriy etildi, – deya xabar bermoqda Rossiyaning “Kommersant” nashri. Bunga sanksiyalar fonida yoqilg‘i yetishmasligi sabab bo‘lganligi iddao qilingan.

Mazkur tartib faqat davlat idoralariga nisbatan taalluqli bo‘lib, bir qator niversitetlarda ham mashg‘ulotlar bekor qilingan Eslatib o‘tamiz, Suriyada odatda juma va shanba rasman dam olish kuni hisoblanadi.

Shuningdek, yangi joriy qilingan tartib uzluksiz ishlashi kerak bo‘lgan tashkilotlarga amal qilmaydi, Suriya ichki savdo vaziri Amr Salim esa novvoyxona va kasalxonalar yopilmasligini aytgan.

Mamlakat neft vaziri Bassam Toamening so‘zlariga ko‘ra, yoqilg‘i bilan bog‘liq muammolar 50 kun oldin boshlangan, ammo shu kunlarga qadar mavjud zahiralar bilan inqirozning oldi olinib kelinayotgan edi. Vaziyat Yevropa davlatlari hamda AQSh joriy qilgan sanksiyalar sabab, neft tankerlarining o‘z vaqtida yetib kelmasligi ortidan og‘irlashgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version