Buxoro yangiliklari
Buxoro shahridagi 2 ta mahalla isteʼmolchilari gaz taʼminotdan uzib qoʻyildi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro shahridagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.
Xususan, Buxoro shahridagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 14-dekabr kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi:
1. “Chorbaxossa” mahallasi;
2. “Muxtor Ashrafiy” mahallasi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.