Maşhurlar

Husnora Shodiyeva konsert vaqtida hammaning oldida yigʻlab yubordi

Taniqli teleboshlovchi, aktrisa va xonanda Xusnora Shodiyeva bir muddat avval boʻlib oʻtgan “Zvezda vostoka” deb nomlangan forumning gala-konserti vaqtida oʻzining yangi – “Eslamayman” qoʻshigʻini yigʻlab kuylagan.

Konsertdan soʻng u Instagramdagi sahifasida bu holaga shunday izoh qoldirgan:

“– Men kamdan-kam yigʻlayman, ayniqsa jamoatchilik oldida. Ammo shunday daqiqalar boʻladiki, oʻz emotsiyalarimni ushlab tura olmayman. Bugun ana shunday daqiqalardan biri boʻldi va men oʻzimga yigʻlash uchun ruhsat berdim. Hammasi yaxshi boʻladi. Men bilaman. Siz ham biling. Shunday emotsiyalarni yaxshi koʻraman va qabul qila olaman”, – degan xonanda.

Qayd etish joizki, xonandaning “Eslamayman” taronasi va unga ishlangan klipi real voqealarga asoslangan boʻlib, u Husnora Shodiyeva hayotiga aloqasi bor. Buni aktrisa va boshlovchining oʻzi taʼkidlab oʻtgan edi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version