Islom
Bir kishi Sufyon ibn Uyayna huzurlariga kelib, uylanganini, lekin nikohdan so‘ng ayoli uni behurmat qilayotganidan shikoyat qildi

U yana ayolining nazdida past ko‘rilgan, tahqirlangan va xo‘rlangan holga tushib qolganidan nolidi.
Sufyon “– Uylanishdan oldini u sababli izzat va ikrom orttirishga qiziqqanmiding?”, – deb soʻradi.
U “– Ha”, – dedi.
Shunda Sufyon: “–Kim (uylanish, ayol orqali) faqat izzatli bo‘lishni maqsad qilsa, xorlikka yo‘liqadi. Kim (ayolga uylanish orqali) faqat mol-mulkka erishish, badavlat bo‘lishni maqsad qilsa, kambag‘allik balosiga uchraydi. Kim (ayolga uylanish orqali) din-diyonatli bo‘lishni maqsad qilsa, Alloh unga albatta dini bilan birga izzat-ikrom va mol-dunyoni jamlab ato qilib qo‘yadi”, – dedi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.