Buxoro yangiliklari

Jondor, Kogon va Qorovulbozor tumanlarida gaz ta’minoti to‘xtatilmoqda

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Jondor, Kogon va Qorovulbozor tumanlaridagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi, — deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.

Xususan, Jondor tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 16-dekabr kuni soat 13:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:

1. “Po‘loti” mahallasi;
2. “Zangi” mahallasi;
3. “Navgadi” mahallasi;
4. “Ibn Sino” mahallasi.

Shuningdek, Kogon tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 16-dekabr kuni soat 08:30 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi:

1. “Bahouddin Naqshband” mahallasi;
2. “Hukumatobod” mahallasi;
3. “Taraqqiyot” mahallasi;
4. “Sarayon” mahallasi;
5. “Choloki” mahallasi;
6. “O‘ba cho‘li” mahallasi;
7. “Qumrabod” mahallasi.

Shuningdek, Qorovulbozor tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 16-dekabr kuni soat 08:30 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi:

1. “Navbahor” mahallasi;
2. “Jarqoq” mahallasi;
3. “Bo‘zachi” mahallasi;
4. “Bo‘zton” mahallasi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version