Buxoro yangiliklari

Buxoro shahrining bir necha mahallarida elektr ta’minoti to‘xtatilmoqda

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli (“Shimoliy» 35/6 podstansiyasida), Buxoro shahridagi ba’zi mahallalarda elektr energiyasi ta’minoti vaqtinchalik to’xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ.

Xususan, Buxoro shahridagi quyidagi mahallalari iste’molchilari bugun, 16-dekabr kuni soat 14:00 dan 18:00 ga qadar elektr toki ta’minotidan uzib qo‘yiladi:

1. “Muhammad Narshaxiy” mahallasi”;
2. “Furqat” mahallasi”;
3. “Alisher Navoiy” mahallasi”;
4. “Ko‘kaldosh” mahallasi”;
5. “Sa’diy Sheroziy” mahallasi”;
6. “Sobir Rahimov” mahallasi”;
7. “Dilkusho” mahallasi”;
8. “Ibn Sino” mahallasi”;
9. “Gulchorbog‘” mahallasi”;
10. “Guliston” mahallasi”.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘z iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version