Jahon

Bolalarni sun’iy yetishtiruvchi “bachadon” texnologiyasi taqdim qilindi

EctoLife dunyodagi birinchi chaqaloqni sun’iy yetishtirish qurilmasini taqdim etdi. Bu haqda “Science and Stuff” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, EctoLife nomli sun’iy bachadon konsepsiyasi homilador bo‘lishga qiynalayotgan ko‘pchilikning hayotini o‘zgartirishi mumkin.

«– Qurilma saraton yoki boshqa asoratlar tufayli bachadonini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagan ayollar uchun ideal yechim. Bu, shuningdek, sperma sonining pastligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga ham yordam berishi mumkin», — deydi EctoLife bosh direktori Al-Gayli.

Taxminlarga ko‘ra, EctoLife yordamida biri yilda 30 000 nafargacha chaqaloqni «dunyoga keltirish» mumkin, bo‘lajak ota-onalar esa maxsus mobil ilovadan foydalangan holda istalgan vaqtda farzandi qanday yetilayotganini kuzatadi. EctoLife tug‘ilishning pasayishi muammosiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan va optimistik ekspertlarning fikriga ko‘ra, kelgusi 10 yil ichida ishga tushishi mumkin.

EctoLife sun’iy intellektdan keng foydalanishi kutilmoqda, uning ilovasida esa har bir bolani o‘z ehtiyojlariga moslashtirilgan individual oziq moddalar bilan ta’minlash ham o‘rin olgan. EctoLife, shuningdek, ota-onalarga sun’iy qorinda joylashgan va virtual eshitish vositasiga ulangan 360 darajali kameralar yordamida farzandini kuzatish imkonini beradi.

«– Ota-onalar hatto musiqa pleylistni tanlashi yoki farzandlari ko‘nikishi uchun o‘z ovozlarini ijro etishi mumkin», — deydi Al-Gayli.

Ushbu qurilma tug‘ilish ko‘rsatkichi past bo‘lgan davlatlar, jumladan Yaponiya, Bolgariya va Janubiy Koreyaga tug‘ilishni oshirishda yordam berishi mumkin.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version