Buxoro yangiliklari

Erkak qaynonasi nomiga «Mikrokredit banki» Kogon shahar filialidan kredit olib, uni aldab ketdi

2021-yil yanvar oyida Kogon tumani “Bahouddin Naqshband” MFY, Qovunchi qishlog‘ida yashovchi 32 yoshli Y. F. ismli erkak qaynonasi bo‘lgan 49 yoshli N. R. ning nomiga «Mikrokreditbank» Kogon shahar fillialidan jami 29 000 000 so‘m miqdorida kredit rasmiylashtirgan. Erkak olingan kreditga shirinliklar pishirish uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskuna xarid qilishini hamda uning har oylik to‘lovini o‘zi to‘lab borishini aytib, aldab ketgan.

Firibgar kuyov pul mablag‘larini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib, kredit to‘lovlarini amalga oshirmasdan, jinoyat sodir qilgan.

Kuni kecha Kogon shahar hokimi Hayot Davlatov tegishli mas’ullar ishtirokida bank binosida mazkur huquqbuzarlik va uni keltirib chiqargan sabablare muhokama etilib, bank xodimlari hamda fuqarolar firibgarlikdan yiroq bo‘lishi kerakligi tushuntirildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version