Buxoro yangiliklari
Xorijiy ruhiy-asab kasalliklari mutaxassislari Buxoroga kelishdi

Viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanserining ish rejasiga ko‘ra, yetakchi xorijiy klinika mutaxasislari bilan o‘zaro hamkorlik, tajriba almashish, mahorat darslarini tashkil qilish borasida yil davomida bir qancha tadbirlar tashkil etildi, – deya xabar bermoqda muassasa rahbarining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Gʻ. O‘rinov.
Xususan, bir necha kun oldin Buxoro shahridagi “Sahid Zarafshan” mehmonxonasi konferens-zalida “Ruhiy-salomatlik muammolariga yangicha yondashuv” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazildi va unda Rossiya Federatsiyasi, shuningdek, Belarus Respublikasidan sohaning yetakchi mutaxassislari respublikamizning professor-shifokorlari bilan birgalikda ishtirok etishdi.
Ular konferensiya davomida viloyat Ruhiy-asab kasalliklari dispanserida bo‘lib, bu yerdagi shifokorlar hamda davolovchi personal bilan sohadagi muammolar, jahonda qo‘llanilayotgan yangiliklar haqida atroflicha suhbatlashib, tajriba almashdilar, tashrif buyurgan xorijiy mutaxassislar bilan kelgusida ham sohaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni lekishib olishdi.