Jahon

Rossiyada migrantning elektron guvohnomasi joriy etilishi mumkin

Bu haqda “Gosznak” bosh direktori Arkadiy Trachuk “Sputnik” internet nashriga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar uchun biometrik identifikatsiya tizimini joriy etish muhokama qilinmoqda.

Trachukning aniqlik kiritishicha, gap Rossiyadagi “Gosuslugi” ga yaqin tizim haqida bormoqda. Biroq yangi elektron guvohnoma qanday ishlashi xususidagi to‘liq maʼlumotni IIV migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh boshqarmasi taqdim etadi.

Yangi loyiha xizmatlarni xorijlik fuqarolar uchun yanada qulaylashtirishi kutilmoqda.

“– Unda barcha maʼlumotlar jamlangan bo‘lardi: registratsiya, ish ruxsatnomasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, tibbiyot sug‘urtasi”, — “Gosznak” bosh direktori.

Arkadiy Trachuk bu o‘z vaqtida joriy qilinayotgan juda yaxshi yangilik ekanini ta’kidladi, chunki xalqaro bozorda Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlardan bo‘lgan ishchilarga nisbatan raqobatbardosh bo‘lish kerak.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version