Jahon
Rajab Toyyib Erdog‘an Rossiya prezidenti va Suriya yetakchisi bilan uchrashish niyatida

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Anqara, Moskva va Damashq o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Rossiyaning “Kommersant” nashri xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bu fikrni qo‘llab-quvvatlagan.
Erdog‘an Suriya masalasini jurnalistlar bilan suhbatda tilga oldi. Anqaraning ehtimoliy harbiy amaliyoti to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, Turkiya yetakchisi bu masalada Rossiya va Suriya bilan birgalikda harakatlarni amalga oshirish tarafdori ekanini aytgan.
“– Putinga Rossiya, Turkiya va Suriya yetakchilari uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildim. U ushbu tashabbusni ijobiy baholadi. Bu muzokaralar jarayonining boshlanishiga turtki beradi”, – degan Turkiya prezidenti.
Shu bilan birga u uch tomonlama uchrashuv oldidan maxsus xizmatlar va mudofaa vazirlari muzokaralarini o‘tkazish zarurligini qayd etgan.