Islom
Tunning qaysi qismida qilingan duoni Alloh taolo ijobat qilishini aytgan?

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Har tunda uni oxirgi uchdan bir qismi qolganda Robbimiz Alloh taolo yer osmoniga tushib, shunday deydi: «Kim duo qilayotgan bo‘lsa, unn ijobat qilaman. Kim Mendan so‘rayotgan bo‘lsa, unga so‘ragan narsasini beraman. Kim Mendan gunohlarini mag‘firat qilishimni so‘rayotgan bo‘lsa, uning gunohlarini mag‘firat qilaman deydi, – dedilar» – Imom Buxoriy, Muslim, Ibn Moja rivoyatlari.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.