Özbekiston

“Oʻzimni bir necha marta oʻldirmoqchi boʻlganman” — Munisa Rizayeva

Xonanda yaqinlari uning rasmlarini tarqatib yuborgani va 2 yil uyida dipressiyada oʻtirgani haqida gapirdi.

Munisa Rizayeva oʻzi haqidagi koʻpchilik bilmaydigan haqiqatlarni oshkor qildi. U bu haqida har hafta “Sevimli TV” telekanalida efirga uzatiladigan Rayhon Ulasenova muallifligidagi “Zirapcha” koʻrsatuvi ishtirokchi qizlariga aytib berdi.

“– Shu bugungi kungacha men otamdan juda koʻp xafa boʻlganman. Onam barbir meni qoʻllab turardi. Lekin otam bilan munosabatlarimiz yomon boʻlgan. Alloh guvoh, otam menga hech qachon yordam bermaganlar. Nafaqat, yordam bermaganlar, hatto, meni umuman tushunmasdi. Ota-onam doim meni tanqid qilishardi, meni boshqa jihatlarimni koʻrishmagan. Shuning uchun oʻz oʻzimga doim aytardim, men hammasini uddalayman va buni otamga isbotlab qoʻyaman derdim”, – dedi xonanda.

U mashhur boʻlguniga qadar boshidan oʻtkazganlarini soʻzlab, har bir ishtikochiga oʻz maslahatlarini ham berib oʻtdi.

“– Bu hayotda yashagim kelmayapti deganman, necha marta suitsid (oʻz joniga qasd qilish) qilgim kelardi. Yaqinlarim rasmlarni tarqatib tashlagan. Baʼzan shunaqa paytlar boʻlganki, koʻchaga ham chiqa olmaganman. Ikki yilcha depressiyada oʻtirganman. Lekin hozir menga xudo shunday ota-ona berganiga shukur qilaman. Nima boʻlaganda ham, ota-onalar bizni dunyoga keltirganliklari uchun ulardan minnatdor boʻlishimiz kerak”, – dedi Munisa Rizayeva.

Shuningdek, u bundan oldin muxlislariga 1 yilda 2 marta insult boʻlgani haqida ham aytgandi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version