Buxoro yangiliklari

Buxoroda xizmat vaqtida halok boʻlgan Milliy Gvardiya xodimlari bolalari uchun teatrlashtirilgan Yangi yil tomoshasi oʻtkazildi

Xizmat vaqtida mardlarcha halok boʻlgan Milliy Gvardiya harbiy oilalari farzandlari, shuningdek, tizimda namunali xizmat qilayotgan xodimlarning oila aʼzolari uchun viloyat qoʼgʼirchoq teatrida «Yangi yil bayrami» tomoshasi tashkil etildi.

Bolalar uchun tayyorlangan ertak qahramonlari ishtirokidagi sahna koʻrinishlari barcha bolajonlar va ular bilan kelgan kattalarga ham birdek manzur boʻldi.

Аlbatta, ushbu tadbirlarning tub zamirida mehr va eʼtiborga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kabi ezgu maqsadlar mujassamdir, – deya xabar qilmoqda tashkilot matbuot xizmati.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version