Maşhurlar
Sitora Farmonova ogʻir xastalikka chalindi – video

Taniqli aktrisa Sitora Farmonova oʻzining Instagram sahifasidagi storisida obunachilariga ogʻir kasallikka chalinganligi haqida gapirib berdi. Ammo bu qanday dard ekanligini aytmadi
Aktrisaning aytishicha, uning ahvoli ogʻirlashib, yotib qolgan. Shunda singlisi kelib, uyida osma ukollar bilan davolagan. Shuningdek Sitora Farmonovaning oydinlik kiritishicha, uning koʻplab hamkasblari ham shu virus bilan kasallangan.
“– Singlimga rahmat, meni oyoqqa qoʻydi. Hozir “Xalqlar doʻstligi sanʼat saroyi” ga konsertga ketyapman. Inshalloh, eson-omon oʻtkazib olamiz, yana 3 kun qoldi. Bormasam ilojim yoʻq, katta-katta rollarim bor, chiqishim kerak. Odamlarga chiptalar sotilgan, konsertni bekor qila olmaymiz”, – degan aktrisa.
Videosi oxirida aktrisa barchani oʻz sogʻligʻiga eʼtiborli boʻlishga chaqirgan.