Buxoro yangiliklari

Romitan markaziy bozorida “paq-paqa” sotayotgan shaxs ushlandi

Bugun, 20-dekabr kuni soat 15:30 lar atrofida Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan Romitan tumani bozorida oʻtkazilgan reyd davomida fuqaro pirotexnika bilan qoʻlga tushdi.

Aniqlanishicha, “O‘zbekiston” MFY da yashovchi fuqaro F. S. tuman markaziy bozor hududida 1 dona qora rangli politilien paketda solingan 4 blok va 4 quti pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida aniqlandi.

Ushbu paketdagi umumiy miqdori 450 000 so‘mlik, 48 quti “Treniya” nomli nomli pirotexnika vositalari xolislar ishtirokida belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qayd etish kerakki, mazkur tadbir Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Ayni damda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version