Buxoro yangiliklari
Bugun Buxoro shahridagi “Sadriddin Ayniy” mahallasi aholisi kun davomida tabiiy gazsiz qolishmoqda

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro shahrida joylashgan 1 ta mahallada tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.
Xususan, Buxoro shahridagi “Sadriddin Ayniy” mahallasi iste’molchilari bugun, 21-dekabr kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.