Mashhurlar
Nilufar Usmonova toʻylarda bepul xizmat qilayotganini aytdi

U boshqa hamkasblaridan ham bu “challenge” ni davom ettirishini soʻradi
Oʻzbek primadonnasining qizi, taniqli xonanda va aktrisa Nilufar Usmonova ayrim toʻylarga, mehmon sifatida borib tekinga xizmat qilayotganining videosini oʻzining Instagram sahifasiga joylashtirdi.
U bunga sabab, sanʼatkorlarga yaratilayotgan sharoitlar ekanligini aytgan. “– Bizga litsenziya bepulga berilayotgani uchun biz ham bunga javoban xalqimizni yaxshi kunlarida beminnat xizmat qilayapmiz”, – degan xonanda.
“– Hayron boʻlayotgandirsizlar, biz syurpriz qilib keldik, kelin-kuyovni tabriklashga, bizni xech kim chaqirgani yoʻq. Oʻtib ketayotgan joyimizda toʻy boʻlayotganini koʻrib, vaqtimiz borligi uchun ʻsyurprizʻ qilib mana shu xonadonga keldik. Baxtli boʻlishsin deb qolamiz, bizdan sizlarga toʻyona boʻlsin…” — degan Nilufar Usmonova.
U shuningdek, “– Bu yili 2022-yilda sanʼatkorlarning xaq- huquqlarini oshirib berishdi, esingizda boʻlsa litsenziyalarimizni ham, tekin qilib berishgan edi, shuning uchun, bu imkoniyatlarning javobini ham boshladik desak xato boʻlmaydi va biz ham xalqimizning xizmatini beminnat, bepul, qilishga qaror qildik. Bu ʻchallengeʻni ochiq deb eʼlon qilaman, xurmatli hamkasblar sizlardan javob videoni kutib qolamiz”, – deya qoʻshimcha qilgan.
Eslatib oʻtamiz, bundan avval Nilufar Usmonova faqat bir marotaba rasman turmush qurib, qonuniy ajrashgani haqida aytgandi.