Buxoro yangiliklari
Buxorolik maktab o‘quvchisi boks bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

Ayni paytda poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport arenasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligining final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
Quvonarlisi, 48 kg vazn toifasida ayollar o‘rtasidagi final bellashuvida buxorolik bokschi Farzona Fozilova andijonlik Saidaxon Rahmonovaga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozonib, O‘zbekiston chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi.
E‘tiborli jihati, Farzona Kogon shahridagi 1-maktabning 11-sinf o‘quvchisi hamdir.