Buxoro yangiliklari

Buxoroga Prezident sovg‘alari yetib keldi

Bugun, 21-dekabr kuni viloyat hokimligi va xalq ta’limi boshqarmasi mas’ul rahbarlari Buxoro xalqaro aeroporti orqali olib kelingan “Prezident sovg‘alari” ni qabul qilib olishdi. Mazkur bayram sovg‘alari oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun atalgan.

Eslatib o‘tamiz, 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 549 nafar bolaga mo‘ljallangan Prezident sovg‘alari tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 14 turdagi shirinliklar, 3 turdagi o‘quv qurollari, elektron kitob, termos va shaxmat doskasi (donalari bilan) kiritilgan.

Sovg‘alar joriy yilning 29- va 30-dekabr kunlari viloyatimizning shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tadigan “Prezident archasi” bayram tadbirlarida o‘z egalariga tantanali tarzda topshiriladi.

photo 02 317

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version