Jahon
Bugun, 21-dekabr – Yaldo kechasi. Bu nima degani?

21-dekabrdan 22-dekabrga o‘tar kechasi eng qisqa kun va eng uzun tun (17 soat) sodir bo‘ladi.
Ushbu tun Yaldo kechasi deyiladi. Elshunos olim Bilol Aminovning yozishicha, ilgari Yaldo kechalarini kishilar zoriqib kutishgan. Qish kezlari hafta sayin gap-gashtak deyilgan, davraga to‘plaganlar g‘azalxonlik qilishgan, bahri-bayt aytishib, mushoiralar o‘tkazishgan, raqs tushishgan, qo‘shiqlar xirgoyi qilishgan, dutor-doira chalib, o‘yin-kulguni qizitishgan.