Islom
Jannatda bozor bormi va u yerda nimalar sotiladi?

Said ibn Musayyabga bir kuni Abu Hurayra:
“– Allohdan sen bilan meni jannat bozorida jamlanishini so‘rayman”, – dedilar.
Said:
“– Jannatda bozor bormi?”, – deb so‘radi.
Abu Hurayra roziyallohu anhu:
“– Ha, U yerda farishtalar o‘rab turgan bozorga kelasan. Unda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, xayolga kelmagan narsalar bor. Xohlaganimiz beriladi, sotilmaydi ham, sotib olinmaydi ham va mana shu bozorda jannat ahllari bir-birlariga yo‘liqadilar. Yuqori manzil egalari quyiroqdagilar bilan uchrashadilar. Vaholanki, u yerda past darajaning o‘zi yo‘q. yuqori manzildagining ustidagi kiyimiga quyiroqdagining havasi kelsa, u gapini tugatmasdanoq undanda chiroylirog‘i gavdalanadi. Chunki biror kimsada jannatda xafalik bo‘lmaydi”.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.