Buxoro yangiliklari
Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i ishdan olindi (-mi?)

Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimdan olinib, Toshkent shahridagi Yakkasaroy tumani XTB mudirligiga o‘tkazildi. Bu haqida Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, Xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan Mustafayeva Dilfuza Nematilloyevna Yakkasaroy tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, yaqin kunlargacha D. Mustafayeva Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.