Buxoro yangiliklari

Olot tumanining baʼzi joylarida gaz taʼminoti toʻxtatilmmoqda

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Olot tumanidagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.

Xususan, Olot tumanidagi “Oq oltin” mahallasidagi Hasanyor qishlogʻi iste’molchilari bugun, 22-dekabr kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi.

Taʼmirlash ishlari tumandagi Olot koʻchasidan oʻtgan avtomobil yoʻlining kengaytirish ishlari olib borilayotganligi va oʻsha yerdagi gaz quvurini rekonstruksiya qilish zarurligi tufayli amalga oshirilmoqda.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version