Maşhurlar
Instabloger Azoda uni “uxlatib” ketishganini aytdi

Instabloger va qoʻshiqchi Azoda oʻz kuzatuvchilariga “Mediapark” tomonidan oʻtkazilgan “battle” haqida aytib berdi.
Eslatib oʻtamiz Azoda su yilning yoz oylarida “Mediapark” tomonidan oʻtkazilgan “battle” da gʻolib boʻldi. Lekin, unga sovgʻa qilingan uy hali bitmagan boʻlib chiqdi.
“– Eng qizigʻi hammasi oʻzimizga qolib ketgan, xabar ham olishmadi. “Oldinglarmi?”, – deb hech kim soʻramadi. Soligʻini ham oʻzimiz toʻlarkanmiz, odamni ham oʻzimiz topar ekanmiz. Hali-hamon olmadik, afsus qancha bordim. Bosh sovringa qoʻyilgan uy hatto koʻtarilmagan, hali tayyor boʻlmagan uy ekan. Sotib pulini qilib beringlar, – dedik. Shunga kelishdik, lekin hali ham darak yoʻq. Chunki, hujjatlarida, summasida xatolik bor ekan. Xullas, ana sotib beramiz, mana sotib beramiz deb, kutib oʻtiribmiz, yo uxlatishdi, yoki uxladik”, – degan bloger.
Azoda bundan avval sahnaga chiqish bir paytlar orzusi boʻlgani haqida aytgan edi.