Buxoro yangiliklari

Gʻijduvonda gaz taʼminoti toʻxtatilmoqda

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Gʻijduvon tumanidagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.

Xususan, Gʻijduvon tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 22-dekabr kuni soat 09:30 dan 18:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi:
1. “Paxtaobod” mahallasi;
2. “Ayrton” mahallasi;
3. “Amirobod” mahallasi;
4. “Toshloq” mahallasi;
5. “Koʻkcha” mahallasi;
6. “Qorabogʻ” mahallasi;
7. “Sarvari” mahallasi;
8. “Poskati” mahallasi;
9. “Kalon” mahallasi;
10. “Tavariyon” mahallasi;
11. “Xalqobod” mahallasi;
12. “Qoraxoni” mahallasi;
13. “Olmazor” mahallasi;
14. “Baraka” mahallasi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version