Buxoro yangiliklari
Qorako‘lda qariyb 1 kg quritilgan marixuanna saqlagan fuqaro maxsus guruh tomonidan qo‘lga olindi

Kuni kecha tegishli tashkilotlarning ishonch telefoniga kelib tushgan tezkor ma‘lumot asosida Qorako‘l tumanida maxsus tadbir o‘tkazildi. Unda shu tumanda yashovchi fuqaro M. T. ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, M. T. sof og‘irligi 845 gr ni tashkil qilgan “Marixuanna” giyohvandlik vositasini quritilgan holda saqlab kelayotganligi fosh etildi.
Yana bir holatda tezkor guruh vakillari tomonidan o‘zining yashash xonadonida “Marixuanna” ni saqlab kelayotgani fosh etildi. Shunday qilib, yashirincha 135 gr og‘irlikdagi giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan fuqaro N. A. ning xatti-harakatlariga chek qo‘yildi.
Hozirda yuqaridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroda DXX viloyat boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari hamkorlikda giyohvandlik vositalarining savdosiga chek qo‘yish borasida doimiy faoliyat olib borishmoqda.