Buxoro yangiliklari

Olotda chegara orqali yuk avtomashinasida yashirin tarzda 18 mln so‘mlik “solyarka” olib kirmoqchi bo‘lishdi

So‘nggi kunlarda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti orqali yurtimiz hududiga dizel yoqilg‘isini noqonuniy tarzda olib kirishga bo‘lgan urunishlar tez-tez uchramoqda, – deya xabar bermoqda boshqarmaning matbuot xizmati.

Xuddi shunday huquqbuzarlikni kuni kecha qo‘shni respublikadan yurtimiz hududiga kirib kelgan yuk avtotransport vositasi orqali ham amalga oshirishmoqchi bo‘lishdi.

Chegara posti xodimlari tomonidan tegishli tartibda ko‘zdan kechirilgan atvotransportning tirkamasi ostiga bojxona nazoratidan yashirish maqsadida berkitilgan 1 200 litr dizel yoqilg‘isi (solyarka) borligi aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan dizel yoqilg‘isining umumiy qiymati 18 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Ma’lumot tariqasida aytadigan bo‘lsak, joriy yil hisobida “Olot”chegara bojxona posti xodimlari tomonidan jami 58 ta shu turdagi holatlar aniqlangan bo‘lib, unda qariyb 50 tonna dizel yoqilg‘isining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan. Bu esa umumiy hisobda 616 000 000 so‘m demakdir.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version