Buxoro yangiliklari

Buxoro shahri va Kogon tumanida elektr ta‘minoti uzib qo‘yildi, “Buxoroenergomarkaz” AJ issiq suv va “otopleniya” ni o‘chirib qo‘ydi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro shahridagi ba’zi ko‘chalarida va Kogon tumanining ba’zi mahallalarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtinchalik to’xtatildi, – deya xabar bermoqda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ.

Xususan, Buxoro shahridagi quyidagi ko‘chalar iste’molchilari bugun, 22-dekabr kuni soat 14:00 dan 17:00 ga qadar elektr toki ta’minotidan uzib qo‘yildi:
1. Xalqlar do‘stligi ko‘chasi.

Shuningdek, Kogon tumanidagi quyidagi mahallalari iste’molchilari bugun, 22-dekabr kuni soat 14:00 dan 17:00 ga qadar elektr toki ta’minotidan uzib qo‘yiladi:
1. “Tutkunda” mahallasi.

Shuningdek yuqorida aytilganidek, Buxoro shahridagi Xalqlar do‘stligi ko‘chasida uzib qo‘yilgan elektr ta‘minoti sabab, “Buxoroenergomarkaz” AJ iste’molchilarga issiq suv va “otopleniya” yuborishni to‘xtatmoqda. Ta‘minot elektr energiyasi uzatilishi bilan qaytadan tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘z iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version