Buxoro yangiliklari
Kogon tumanidagi bir nechta hudud gaz taʼminotidan uzib qoʻyildi. Roʻyxat

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Kogon tumanidagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.
Xususan, Kogon tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 24-dekabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi:
1. “Beklar” mahallasi;
2. “Istiqlol” mahallasi;
3. “Nurafshon” mahallasi;
4. “Oʻbachoʻli” mahallasi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.