Buxoro yangiliklari

Kuni kecha Buxoroda Cobalt 2 ta yosh qizchani urib yubordi

Joriy yilning 21-dekabr kuni Buxoro shahrida Cobalt haydovchisi voyaga yetmagan 2 piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi, – deya xabar berdi “Potrebitel Buxara” Telegram kanali. Ertasi kuni kech soat 20:00 dan keyin Buxoro viloyati IIB axborot xizmati mazkur voqeaga izoh berdi.

Qayd etilishicha, 21-dekabr kuni soat 15:30 da I. Z. ismli shaxs o‘z boshqaruvida bo‘lgan Cobalt avtomobilini shaharning Alpomish ko‘chasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li bo‘ylab, 7-kichik nohiya aylanma harakati tomonidan «Dinamo» aylanma harakati tomon boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Avtomashina «Bog‘idasht» novvoyxonasi oldida joylashgan tartibga solingan chorraha bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda, harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lni chap tomonidan o‘ng tomoniga qarab tartibga solingan piyodalar yo‘lagi bo‘ylab yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan 2 nafar piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida voyaga yetmagan piyodalar tan jarohati olib, RSHTYIM Buxoro filialiga davolanish uchun yotqizilgan va zaruriy muolajalar amalga oshirilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.

Ayni damda holat yuzasidan IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version