Buxoro yangiliklari
26-dekabr kuni Toshkentdan Buxoroga bepul avtobus qatnaydi

Qorako‘l tumani hokimligi yoshlarimizga qulaylik yaratish maqsadida tuman hokimligi ma’muriyati Yangi yil bayrami arafasida faqat poytaxt oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar uchun “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishidagi avtobuslarning yo‘l xarajatlarini qoplash tashabbusuni ilgari surmoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent shahrida tahsil olayotgan, Yangi yil bayrami va qishki ta’tilni o‘tkazish uchun uylariga keladigan qorako‘llik talabalarni olib kelish maqsadida 2 ta zamonaviy avtobuslari ajratildi.
Quyidagi avtobuslar joriy yilning 26-dekabr (dushanba) kuni poytaxtimizdagi Talabalar shaharchasi hududida soat 10:00 dan Qorako‘l tumaniga jo‘naydi:
1. «80 Y 066 MA» raqamli YUTONG avtobusi;
2. «80 923 NBA» raqamli ZONGTONG avtobusi.
Mo‘ljal: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi binosi ro‘parasidagi avtoshoxbekat.
Ma’lumot uchun: (+998) 97-300-12-91(Rabbonaqul Muxtorov).
Eslatib o‘tamiz, avtobusga yo‘lovchilar talabalik guvohnomasini ko‘rsatgan holda chiqariladi!