Maşhurlar
Bahriddin Zuhriddinovni qaynonasi Hosila Rahimova “koʻtarganmi”?

Xonanda qaynonasi bilan boʻlgan munosabatlarga oydinlik kiritdi.
“– Ijodimni yangi boshlagan paytlarimda ham, Bahriddin Zuhriddinovni barchaga taniqli boʻlishiga, “Xalqlar doʻstligi” saroyida konsert berganimda ham “qaynonasi qilib beribdi”, – degan gaplar ham boʻlgan. Shunga oʻxshash savollar judayam jonimga tekkan edi, mana bugun fursat boʻldi shu haqda batafsil gapirishga. Ijodimda ham, bizneslarimda ham qaynonamning hech qanday dahli yoʻq. Hamma narsa oʻzimiz oilamiz orqali, qaynonamgacha boʻlgan vaqtda men Bahriddin Zuhriddinov boʻlib boʻlgan edim. Toʻgri, maslahatlar berib turadi, lekin hech qanday moddiy yordam, qoʻllab yuborish degan narsa boʻlmagan”, – deydi xonanda.
Taniqli xonanda va Hosila Rahimovaning kuyovi Bahriddin Zuhriddinov bu kabi mish-mishlarga “Sevimli TV” telekanaliga bergan intervyusida gapirib oʻtgan.