Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi markaziy ko‘chalarda harakatlanish cheklandi

Buxoro shahar hokimining tegishli Farmoyishiga asosan, “Yangi yil” va “Prezident archasi” tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi obyektlar joylashgan ko‘cha va yo‘llarda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bayram tadbirlari o‘tkaziladigan kunlari transport vositalarining qatnovi vaqtincha cheklanadi:

1. Labi Hovuz;
2. Ark majmuasi;
3. Yoshlar markazi (Favvoralar maydoni);
4. Semurg‘ sport kompleksi;
5. Buxoro savdo majmuasi.

Cheklov amal qilish muddati: joriy yilning 25-dekabridan 2023-yil 3-yanvar kuniga qadar.

Haydovchilardan tartibga soluvchi IIB YHX xodimlarning ishoralari va yo‘l belgilari talablariga rioya qilishlari talab etiladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version