Buxoro yangiliklari

Buxoro viloyati IIB mas’ul rahbarlari “Nurli maskan” maktab-internatida bayram tashkillashtirishdi

Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor jajji qalb egalariga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani hech kimga sir emas. Jumladan, Buxoro shahridagi 24-son “Nurli maskan” maktab-internatida tahsil olayotgan 278 nafar o‘quvchilar ham Buxoro viloyat IIB mas’ul rahbarlariga biriktirilib, ular o‘quvchilar holidan muntazam ravishda xabar olib, hayotga moslashishlariga har tomonloma ko‘mak berib kelishmoqda.

Xususan, 23-dekabr kuni ushbu maktab-internatda Yangi yil bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Bayram doirasida ta’lim maskanida tahsil olayotgan bolalarga yangi yil sovg‘alari tarqatildi, bayramona dasturxon yozilib, san’at vakillari ishtirokida konsert dasturi taqdim qilindi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version