Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi ba’zi hududlarda elektr toki o‘chirildi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro shahridagi ba’zi mahallalarda elektr energiyasi ta’minoti vaqtinchalik to’xtatildi, – deya xabar bermoqda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ.

Xususan, Buxoro shahridagi quyidagi mahallalari iste’molchilari bugun, 26-dekabr kuni soat 11:00 dan 14:00 ga qadar elektr toki ta’minotidan uzib qo‘yildi:
1. “Piridastgir” mahallasi;
2. “Shodlik” mahallasi;
3. “Razzoq Hamroyev” mahallasi;
4. “Toshmasjid” mahallasi.

Shuningdek, Buxoro shahridagi quyidagi ko‘chalarda iqstiqomat qiladigan iste’molchilar ham bugun, 26-dekabr kuni soat 18:00 ga qadar 327-sonli transformator punktida kelib chiqqan nuqsonlarni bartaraf qilish ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan elektr toki ta’minotidan uzib qo‘yildi:
1. Islom Karimov ko‘chasi;
2. Mehtar Anbar ko‘chasi;
3. Xo‘janurobod ko‘chasi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘z iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version