Jahon

AQSh tarixidagi eng kuchli sovuq ko‘plab odamlarning halok bo‘lishiga olib keldi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida “Eliot” qor bo‘roni oqibatida 30 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jabrlandi.

Yakshanba kuni 200 000 dan ortiq kishilar elektr energiyasiz qoldi. Bir kun avval minglab ichki va xalqaro reyslar bekor qilingan yoki kechiktirilgan edi. Nyu-York shtatidagi Buffalo-Niagara xalqaro aeroporti yopildi. Nyu-York va shahar atrofi aholisidan gaz isteʼmolini kamaytirish so‘ralgan.

Ko‘pgina shtatlarda havo harorati rekord darajaga tushib ketdi. Mamlakat aholisining uchdan ikki qismi noqulay ob-havo haqida ogohlantirishlar bilan qamrab olingan.

«Kuzatuvlar tarixida Amerika Qo‘shma Shtatlarida bunday sovuq va ayoz birinchi marta qayd etildi», – deya xabar beradi Milliy ob-havo xizmati.

Ayrim hududlarda termometrlar minus 45 darajagacha tushib ketdi. Bir qator shtatlarda favqulodda holat eʼlon qilindi.

Kuchli qor bo‘roni Kanadadan Texasgacha bo‘lgan mamlakat aholisiga sovuq shamol, kuchli yomg‘ir va sovuq havo olib keldi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version