Buxoro yangiliklari

Ma’ruf Tolibov Buxoro shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlandi

Bugun, 26-dekabr kuni Buxoro shahar hokimligida hokim Jamol Nosirov, Buxoro viloyat MTB boshlig‘i Rustam Bahronov shuningdek, shahardagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (bog‘chalar) direktorlari ishtirok etmoqda.

Buxoro shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan va Tolibov Ma’ruf Musoyevich Buxoro shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri etib tayinlangan.

M. Tolibov 1980-yilning 15-iyulda  Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2007-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini Biznes va boshqaruv (menejment) yo‘nalishida tamomlagan.

Tayinlovga qadar Buxoro viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining ta’lim muassasalarini o‘quv-metodik ta’minlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version