Mashhurlar
Nigora Abdullahanova kiyinishi haqidagi savollarga javob berdi

Instabloger, “Afandining qizlari” guruhi orqali xalq nazariga tushgan aktrisa Nigora Abdullahanova, Instagram storisi orqali kiyimini tanqid qilgan kuzatuvchilariga javob qaytardi.
“– Ayrim qoyil qolib kuzatadigan odamingiz qancha oilani buzgani, birovlarni haqqini yegani, yomonlik qilganini, orqadan ish qilib hayotini buzganini, “bechora” ni yoqib olib, dilozorlik qilganini bilganingizda edi, meni koʻylagimni kaltaligi sizni umuman qiziqtirmagan boʻlar edi. Oshing halol boʻlsa, koʻchada ich. Oʻzimni pulimga sotib olgan koʻylagim. Xursand boʻlgim keldi, kiygim keldi. Bu “shok” ni menga yozmasdan ham qabul qilsa boʻladi. Siz hohlagandek boʻlmaganimga xafa boʻlmanglar, men ham men xohlagandek fikrlamayotganingizga xafa boʻlmayapmanku”, — deb yozgan Nigora.
Avvalroq Nigora Abdullahanova “Afandining qizlari” guruhi tarqalgani haqida aytib bergan edi.