Buxoro yangiliklari

Peshko‘ cho‘llaridan saksovul o‘g‘irlab ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

Kecha, 26-dekabr kuni Peshko‘ tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazishdi.

Reyd davomida fuqaro N. N. cho‘l hududidan saksovul butalarini noqonuniy ravishda sindirib olib kelayotganganligi holati aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan N. N. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, uning transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda mas’ul tashkilotlar tomonidan viloyat bo‘ylab kunduzgi va tungi kuchaytirilgan nazorat tadbirlari olib davom etmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version