Buxoro yangiliklari
Bugun Buxoro shahridagi 5-poliklinika ta’mirdan so‘ng, qayta ochildi

Bugun, 27-dekabr kuni Buxoro shahridagi “Sifat Muniy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 5-oilaviy poliklinikasidagi rekonstruksiya ishlari tugatilib, foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov va sektorlar rahbarlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining joriy yilning 18-martdagi 172-sonli “2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida ta’mirdan chiqarilgan qilingan mazkur obyektning qurilish montaj ishlariga 2,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan edi.
Bugungi kunda bir vaqtning o‘zida 280 nafar fuqaroga xizmat qila oladigan mo‘ljallangan poliklinika Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi 44 000 aholiga mo‘ljallangan.