Mashhurlar

“Narximni tushirmayman” — Jenisbek Piyazov

Mashhur o‘zbek operachisi, O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov “Sevimli TV” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida xizmatlari narxi haqida gapirdi. “Men oʻz mehnatimni qadrini bilaman”, — deydi u.

“– Narximni tushirmayman, chunki qimmat narsa baribir qimmat yuradi, qo‘shig‘imni $2 000 ga sotib olib, $1 000 ga yurmaymanku. Qancha yaxshi o‘zimga e‘tibor bersam, o‘zimni hurmat qilsam, shuncha o‘zimni narximni oshiraman. Undan pastga tushing, birrov kelib bering, iltimos, – deydigan bo‘lsa – yo‘q deymiz. Agar menga beradigan mablag‘i bo‘lmasa, undan ko‘ra tekinga borganim yaxshi. Hozir, ko‘p konsertlarimiz, to‘ylarimiz tekin, lekin oladigan joydan olamiz”, — deydi Jenisbek Piyazov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jenisbek Piyazov unvon olish jarayonida Prezidentga hazil qilgani haqida xabar berilgandi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version