Buxoro yangiliklari

Buxorolik kurashchilar yil yakunlari bo‘yicha taqdirlanishdi

Kecha, 27-dekabr kuni Buxoro viloyati hududiy kurash federatsiyasining 2022-yil yakuni bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatgan kurashchilar va murabbiylari, shuningdek xodimlar va mutasaddi hamkor tashkilotlarning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda federatsiyaning mas’ul vakillari va joriy yilda milliy kurashda turli tanlovlarda ishtirok etib, sovrindorlikni qo‘lga kiritgan yoshlar ishtirok etishdi, – deya xabar bermoqda viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etish joizki, ushbu tadbir doirasida 2023-yilda rejaga kiritilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi va ortda qolayotgan 2022-yilda munosib natija ko‘rsatgan kurash chempionlari, murabbiylar, faxriylar hamda shu sohaga birdek o‘zining munosib xizmatini ayamagan xodimlar tashakkurnomalar, qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version